Skip to content

6-oy: Python va Foundation yakunlanishi

Oy haqida

Foundation oxirgi oyi. Python tilini o'rganamiz va yakuniy loyiha bajaramiz.

Python — dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri:

  • AI va Data Science
  • Web (Django, FastAPI)
  • Avtomatlashtirish
  • O'rgatish

Nima uchun Python C dan keyin?

C dan keyin Python — juda oson:

  • Sintaksis erkin (; yo'q, {} yo'q)
  • Avto memory (garbage collection)
  • Kuchli kutubxonalar
  • Tez yozish

Lekin asoslar — C bilan o'rgangan.

Maqsadlar

6-oy oxirida talaba:

  • Python sintaksisi va asoslarini biladi
  • C va Python farqini tushunadi
  • List, dict, tuple, set bilan ishlay oladi
  • OOP asoslarini biladi (class)
  • Modullar va kutubxonalardan (pip) foydalanadi
  • To'liq yakuniy loyiha yaratadi (GitHub'da)

Darslar

MavzuDars
1Python tanishuv1-dars
2O'zgaruvchilar va turlar2-dars
3Shartlar va sikllar3-dars
4Funksiyalar4-dars
5List, dict, tuple, set5-dars
6String va format6-dars
7File I/O7-dars
8OOP (class)8-dars
9Modullar va pip9-dars
10Yakuniy loyiha — 1-qism10-dars
11Yakuniy loyiha — 2-qism11-dars
12Foundation yakuniy imtihon12-dars

Tayyorgarlik

  • Python o'rnatish: python3 --version (3.10+ tavsiya etiladi)
  • VS Code + Python extension
  • 5-oy yakunlangan

Yakuniy imtihon

12-dars — Foundation yakuniy imtihon. Quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • C va Python ko'nikma testlari
  • Algoritmlar
  • Loyiha taqdimoti
  • Refleksiya

Muvaffaqiyatli yakunlovchi talaba Foundation sertifikatini oladi va:

  • Mobile Development
  • Game Development
  • Backend Development

yo'nalishlaridan birini tanlashi mumkin.

Baholash

KomponentUlushi
Faollik10%
Uy vazifalari30%
Yakuniy loyiha35%
Yakuniy imtihon25%

O'tish: 60 ball.

Master IT o'quv markazi — o'qitish rejasi