Skip to content

1-oy: Kompyuter asoslari va Office dasturlari

Oyning maqsadi

1-oy oxirida talaba quyidagilarni bemalol bajara oladi:

  • Kompyuterni yoqish, o'chirish, asosiy ishlarni qilish
  • Fayl va papkalar bilan ishlash
  • Microsoft Word'da professional hujjat tayyorlash (kursovoy, ariza, hisobot)
  • Microsoft Excel'da jadval, formulalar va funksiyalar bilan ishlash

Bu oyda nima yo'q

  • Dasturlash yo'q — bu kompyuter savodxonligi darsi
  • Git/GitHub yo'q — 3-oydan boshlanadi
  • Internet va xavfsizlik chuqur yo'q — keyingi oylarda
  • AI yo'q — 2-oyning ikkinchi yarmida boshlanadi

Bu oy faqat amaliy ko'nikmaga qaratilgan.

Darslar ro'yxati

MavzuDars
1Kompyuter — yoqish, o'chirish, ekran tanishuvi1-dars
2Klaviatura, sichqoncha, fayl-papka asoslari2-dars
3Microsoft Word — tanishuv va matn yozish3-dars
4Word — paragraf, list, rasm4-dars
5Word — jadval, kolontitul, sahifa raqami5-dars
6Word — professional hujjat, mundarija, PDF6-dars
7Excel — tanishuv, hujayralar bilan ishlash7-dars
8Excel — formatlash, hujayra ko'rinishi8-dars
9Excel — formulalar (+, −, ×, ÷)9-dars
10Excel — funksiyalar (SUM, AVERAGE, MAX, MIN)10-dars
11Excel — IF va mantiqiy funksiyalar11-dars
12Oylik imtihon (Word + Excel)12-dars

Davomiyligi

Har dars 90 daqiqa. Jami 18 soat sinf vaqti + uy vazifalari.

Tayyorgarlik

Dars boshlanishidan oldin talaba quyidagilarga ega bo'lishi kerak:

  • Kompyuter (Windows yoki macOS)
  • Microsoft Office (Word, Excel) — yoki bepul alternativ (LibreOffice, Google Docs/Sheets)
  • Daftar va ruchka (yozma vazifalar uchun)
  • USB flesh yoki Google Drive akkaunt (fayllar saqlash uchun)

Uy vazifalari

Har dars uchun alohida uy vazifasi beriladi. To'liq ro'yxat: 1-oy uy vazifalari.

Topshirish usuli: Google Drive papkasiga yuklash + o'qituvchiga havola jo'natish.

Baholash

KomponentUlushi
Darsda faollik25%
Uy vazifalari40%
12-darsdagi imtihon35%

O'tish chegarasi — 60 ball.

Master IT o'quv markazi — o'qitish rejasi