Skip to content

4-oy: Dasturlash asoslari — CS, Git/GitHub va C boshlanishi

Oyning maqsadi

3-oyda siz AI yordamida dastur yasatdingiz — Claude Code sizga sayt qurib berdi. Endi rollar almashadi: dasturlashni o'zingiz o'rganasiz. AI'ga to'g'ri buyruq berish uchun ham kod qanday ishlashini tushunish kerak.

Bu oyda:

  • CS (Computer Science) tushunchalari — kompyuter qanday "o'ylaydi"
  • Binary — ma'lumot kompyuterda qanday saqlanadi
  • Algoritm, pseudocode va flowchart — dasturdan oldin fikrlash
  • Terminal — buyruq qatori bilan ishlash
  • Git va GitHub — dasturchining kundalik vositalari
  • C tilida birinchi dasturlar — o'zgaruvchilar, shartlar, sikllar, funksiyalar

CS50 uslubi

Bu oy va keyingi oy Harvard universitetining mashhur CS50 kursi uslubida quriladi: avval fikrlash (algoritm, binary), keyin C tili — qat'iy va xatoni kechirmaydigan asos, keyingi oylarda esa Python. C'ni tushungan odam boshqa har qanday tilni ikki barobar oson o'rganadi.

Muhim

6-darsdan boshlab uy vazifalari FAQAT GitHub orqali topshiriladi. GitHub — dasturchining portfoliosi: ish beruvchi birinchi bo'lib shu yerga qaraydi. Shuning uchun 5-6-darslarda Git/GitHub'ni yaxshilab o'rganib olamiz.

Darslar ro'yxati

MavzuDars
1CS nima va algoritm1-dars
2Binary va ma'lumot vakili2-dars
3Algoritm, pseudocode va flowchart3-dars
4Terminal va buyruq qatori4-dars
5Git asoslari5-dars
6GitHub bilan ishlash6-dars
7C tili — tanishuv, Hello World7-dars
8O'zgaruvchilar, turlar va operatorlar8-dars
9Shartlar — if, else, switch9-dars
10Sikllar — for, while, do-while10-dars
11Funksiyalar11-dars
12Oylik imtihon12-dars

Tayyorgarlik

Dars boshlanishidan oldin:

  • 3-oy yakunlangan — AI vositalari bilan ishlash tajribasi bor
  • VS Code o'rnatilgan
  • GitHub akkaunt ochilgan (3-oy imtihonida topshiriq edi)
  • Git o'rnatilgan (git --version bilan tekshiring)
  • C compiler o'rnatilgan:
    • Mac: clang --version (Xcode Command Line Tools bilan keladi)
    • Linux: sudo apt install gcc
    • Windows: MinGW yoki WSL (Linux subsystem)

Uy vazifalari

  • 1–5 darslar — Google Drive + email orqali (avvalgidek)
  • 6–12 darslarfaqat GitHub orqali (6-darsda GitHub o'rganilgach)

To'liq ro'yxat: 4-oy uy vazifalari

Baholash

KomponentUlushi
Darsda faollik15%
Uy vazifalari40%
Oylik imtihon30%
GitHub amaliyoti (commitlar, repo tartibi)15%

O'tish chegarasi — 60 ball.

Tayyor bo'lsangiz — boshlaymiz: 1-dars: CS nima va algoritm →

Master IT o'quv markazi — o'qitish rejasi