Foundation yo'nalishi (6 oy)
Foundation — barcha texnik yo'nalishlar uchun majburiy poydevor. Bu bosqichda talaba kompyuterga umumiy savodxonlikdan boshlab, sun'iy intellekt savodxonligi va Computer Science asoslarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi.
Maqsad
6 oy yakunida talaba:
- Kompyuterdan, Office dasturlaridan (Word, Excel, PowerPoint) ishonchli foydalanadi
- Sun'iy intellekt qanday ishlashini tushunadi va AI vositalaridan (ChatGPT, Claude, Gemini) samarali foydalana oladi
- AI agentlar (Claude Code, Codex) yordamida dastur va sayt yarata oladi, Gemini va Veo bilan rasm/video yaratadi
- Computer Science asoslarini, algoritmlarni va dasturlash mantig'ini tushunadi
- Git/GitHub bilan ishlaydi, C va Python tillarida dastur yozadi
Foundation yakunlangandan keyin talaba Mobile, Game yoki Backend yo'nalishini tanlashi mumkin.
Yo'nalish uch bosqichdan iborat
1-bosqich: Kompyuter savodxonligi (1–2 oy)
Talaba kompyuterdan, Office dasturlaridan va AI vositalaridan foydalanishni o'rganadi. Bu bosqichda dasturlash yo'q — faqat amaliy ko'nikma.
| Oy | Mavzu | Asosiy natija |
|---|---|---|
| 1-oy | Kompyuter asoslari + Word + Excel | Kompyuterdan erkin foydalanish, hujjat va jadval bilan ishlash |
| 2-oy | Excel davomi + PowerPoint + AI bilan tanishuv | Taqdimot, AI bilan kundalik ish |
2-bosqich: Sun'iy intellekt savodxonligi (3-oy)
2-oyda AI'dan foydalanishni o'rgangan talaba endi AI'ni tushunadigan darajaga chiqadi. Bu oy 10 ta darsdan iborat.
| Darslar | Mavzu |
|---|---|
| 1–3 | Sun'iy intellekt nima, qanday ishlaydi, qanday turlari bor |
| 4–6 | AI agentlar va vibe coding — Claude Code, Codex va boshqa vositalar |
| 7–8 | Rasm yaratish (Gemini) va video yaratish (Veo) |
| 9–10 | Yakuniy AI loyihasi va oylik imtihon |
3-bosqich: Dasturlash asoslari (4–6 oy)
CS50 uslubida 3 oylik dastur. CS asoslari, Git va GitHub, C va Python, oddiy loyihalar.
| Oy | Mavzu |
|---|---|
| 4-oy | Dasturlash asoslari — CS, algoritm, terminal, Git va GitHub, C tili boshlanishi |
| 5-oy | C tili — massiv, qidiruv va saralash, pointer, struct, fayl |
| 6-oy | Python, yakuniy loyiha |
Git va GitHub
Git va GitHub 4-oyda o'rganiladi. Shu paytdan boshlab uy vazifalari GitHub orqali topshiriladi.
Har oyning tuzilishi
Har bir oy 12 ta darsdan iborat (3-oy — 10 ta dars):
- Dastlabki darslar: yangi mavzu + dars davomidagi topshiriqlar
- Oxirgi dars: oylik imtihon (test + amaliy ish)
Uy vazifalari
Har dars uchun alohida uy vazifasi beriladi. Topshirish usuli:
- 1–3 oy: daftar yoki Google Drive
- 4–6 oy: faqat GitHub (4-oyning 6-darsidan boshlab)
Baholash tizimi
| Komponent | Ulushi |
|---|---|
| Darsda faollik | 20% |
| Uy vazifalari | 40% |
| Oylik imtihon | 30% |
| Yakuniy loyiha (6-oy) | 10% |
O'tish chegarasi — 60%. Foundation imtihonidan o'tmagan talaba keyingi yo'nalishga o'ta olmaydi.