Skip to content

4-dars: Word — paragraf, list va rasm

Dars haqida

Davomiyligi: 90 daqiqa Maqsad: Talaba paragrafni to'g'ri formatlay olishi, bullet va numbered list yarata olishi, hujjatga rasm qo'sha olishi va uning joylashuvini boshqara olishi kerak.

1. Paragraf nima?

Paragraf (paragraph)Enter bilan ajratilgan matn bo'lagi. Enter bosganingizda yangi paragraf boshlanadi.

Bu birinchi paragraf. Uning ichida bir nechta jumla
bor. Ular bir mavzu atrofida bog'langan.

Bu — ikkinchi paragraf. U birinchisidan Enter bilan
ajratilgan.

Paragraf va qator farqi

  • Yangi paragraf: Enter — paragraflar orasida joy bor
  • Yangi qator: Shift + Enter — bir paragraf ichida yangi qator

Misol — she'r yoki manzil yozayotganda Shift + Enter ishlatiladi.

2. Paragraf bo'limi (Home → Paragraph)

3. Line spacing (qatorlararo masofa)

Qator orasidagi masofa.

SpacingQachon ishlatish
1.0Zich matn (kitob, gazeta)
1.15Standart Word
1.5Kursovoy, hisobot — eng keng tarqalgan
2.0Tahrirlash uchun joy qoldirish

Sozlash:

  1. Paragrafni belgilang
  2. HomeParagraphLine and Paragraph Spacing belgisi
  3. Kerakli qiymatni tanlang

Tezkor klavish: Ctrl + 1 (single), Ctrl + 5 (1.5), Ctrl + 2 (double)

4. Paragraf orasidagi joy (Spacing)

Paragraflar orasida qo'shimcha joy:

  1. Paragrafni belgilang
  2. LayoutSpacingBefore / After
  3. Pt (point) qiymatini sozlang

Tipik qiymatlar:

  • Before: 0 pt
  • After: 6 pt yoki 8 pt

Ko'p Enter bosmang

Paragraflar orasida joy uchun Enter Enter Enter bosmang. To'g'ri yo'l — Spacing After ni sozlash.

5. Indent (chap chetdan turtish)

Birinchi qatorni biroz o'ngga turtish — kitob yoki rasmiy hujjatda chiroyli ko'rinadi.

    Birinchi qator turtilgan. Qolgan qatorlar
chap chegaradan boshlanadi. Bu — first line indent.

Sozlash:

  1. Paragrafni belgilang
  2. LayoutIndentLeft yoki Right
  3. Yoki Tab klavishi — birinchi qatorni turtish

Indent turlari:

TurTavsif
First line indentFaqat birinchi qator turtilgan
Hanging indentBirinchi qator chetdan, qolganlari turtilgan
Left indentButun paragraf chap chetdan turtilgan

6. Bullet list (markerli ro'yxat)

Ro'yxat — har bir element oldida belgi.

• Birinchi element
• Ikkinchi element
• Uchinchi element

Yaratish:

  1. Ro'yxat boshlang'ich qatoriga kursor qo'ying
  2. HomeBullets belgisi (nuqtali ro'yxat ikonkasi)
  3. Yoki tezkor klavish: * yozing va Space bosing — avtomatik ro'yxat

Belgilarni o'zgartirish:

  • Bullets belgisining pastki strelkasini bosing
  • Boshqa belgi tanlang: ●, ○, ►, ★, ◆

7. Numbered list (raqamli ro'yxat)

1. Birinchi element
2. Ikkinchi element
3. Uchinchi element

Yaratish:

  1. HomeNumbering belgisi (1. 2. 3.)
  2. Yoki yozing 1. va Space bosing — avtomatik ro'yxat

Raqamlash turlari:

  • 1, 2, 3...
  • A, B, C...
  • I, II, III...
  • a), b), c)...

8. Multilevel list (ko'p darajali ro'yxat)

1. Birinchi
   a. Birinchining birinchisi
   b. Birinchining ikkinchisi
2. Ikkinchi
   a. Ikkinchining birinchisi

Yaratish:

  1. Numbered list yarating
  2. Ichki element uchun Tab bosing — bir daraja ichkariga
  3. Asosiy darajaga qaytish — Shift + Tab

9. Ro'yxatni davomi va tugashi

Ro'yxat ichida yangi element: Enter — keyingi belgili qator

Ro'yxatdan chiqish:

  • Enter ikki marta
  • Yoki Bullets/Numbering tugmasini qaytadan bosing

10. Rasm qo'shish

Kompyuterdan rasm qo'shish:

  1. Kursorni rasm joylashtirilishi kerak bo'lgan joyga qo'ying
  2. Insert yorlig'i
  3. PicturesThis Device
  4. Faylni tanlang → Insert

11. Rasm o'lchamini o'zgartirish

Rasmni belgilang (bir marta bosing). Atrofida kichkina to'rtburchaklar (handles) paydo bo'ladi.

O'lchashtirish:

  • Burchaklarni sudrang — proportsiya saqlanadi
  • Tomonlarni sudrang — faqat shu yo'nalishda kengayadi/qisqaradi

Aniq o'lcham:

  • Rasmni belgilang
  • Picture FormatSizeHeight va Width yozing

12. Rasm joylashuvi (Text Wrapping)

Rasm matn bilan qanday turishini sozlash.

Sozlash:

  1. Rasmni bosing
  2. Yonida chiqqan Layout Options belgisini bosing
  3. Yoki Picture FormatWrap Text

Tipik tanlovlar:

TanlovQachon
In Line with TextStandart, oddiy hujjat
SquareMatn rasm yonida — eng keng tarqalgan
TightRasm shakli noto'g'ri (yumaloq, qiyshiq)
Behind TextWatermark (suv belgisi), fon rasmi

13. Rasm joyini aniq belgilash

Wrap Text "Square" yoki shunga o'xshash bo'lsa — rasmni sudrab istalgan joyga olib borish mumkin.

Aniq joylashish:

  • Picture FormatPosition → kerakli holat (yuqori chap, markaz va h.k.)

14. Rasm formatlash

Crop (kesish)

Rasm qismini olib tashlash:

  1. Rasmni belgilang
  2. Picture FormatCrop
  3. Atrofdagi qora chiziqlarni sudrang — keraksiz qism kesiladi
  4. Crop ni qaytadan bosing — tasdiqlanadi

Compress (siqish)

Rasm hajmi katta bo'lsa — siqish:

  1. Rasmni belgilang
  2. Picture FormatCompress Pictures
  3. Email (96 ppi) — eng kichik hajm
  4. OK

Hujjatning hajmini kichraytirish

Hujjat 10 MB dan oshib ketsa — barcha rasmlarni Compress Pictures orqali siqing. Hajm 5–10 baravar kamayishi mumkin.

15. Picture Styles (rasm uslublari)

Rasmga ramka, shadow, 3D effekt qo'shish:

  1. Rasmni belgilang
  2. Picture FormatPicture Styles galereyasi
  3. Yoqqan uslubni bosing

Tipik uslublar: oddiy ramka, soft edges, glow, reflection.

16. Caption (rasm ostiga sarlavha)

Hisobotda rasm ostiga sarlavha yozish — professional yondashuv.

  1. Rasmga o'ng tugma
  2. Insert Caption
  3. Sarlavha yozing (masalan, "Rasm 1: Foundation tuzilmasi")
  4. OK

Word avtomatik raqamlaydi (Rasm 1, Rasm 2, ...).

Darsdagi topshiriqlar

Topshiriq 1 — Paragraflar bilan ishlash

Yangi hujjat oching. Quyidagi 3 ta paragrafni yozing:

Birinchi paragraf: o'zingiz haqida (4–5 jumla)

Ikkinchi paragraf: hozir nima o'qiyotganingiz (4–5 jumla)

Uchinchi paragraf: 5 yildan keyingi rejangiz (4–5 jumla)

Formatlash:

  • Hammasi: Times New Roman 12
  • Line spacing: 1.5
  • Paragraflar orasida: 6 pt spacing
  • Birinchi qatorlar Tab bilan turtilgan
  • Tekislash: Justify

Saqlang: 1-paragraflar.docx

Topshiriq 2 — Bullet list

Yangi hujjat oching. Sarlavha yozing: "Mening yoqimli ovqatlarim" (Bold, 16, markaz).

Pastida bullet list bilan 7 ta yoqimli ovqat yozing.

Ovqat nomi yonida — qaysi oshxonaga tegishli ekani (Italic):

• Plov (o'zbek)
• Pizza (italyan)
• Sushi (yapon)
...

Saqlang: 2-bullet-list.docx

Topshiriq 3 — Numbered list (retsept)

Yangi hujjat: oddiy ovqatning retsepti.

MASTAVA — RETSEPT

Mahsulotlar:
• ...  (bullet list, 5–7 ta)

Tayyorlash:
1. ...  (numbered list, 5–7 qadam)
2. ...

Saqlang: 3-retsept.docx

Topshiriq 4 — Multilevel list

O'quv markazi tuzilmasi mavzusida ko'p darajali ro'yxat:

1. Foundation
   a. 1-oy: Office
   b. 2-oy: AI
   c. 3-oy: CS asoslari
   d. 4-oy: C tili
2. Mobile Development
   a. React Native
   b. Flutter
3. Backend Development
   a. Node.js
   b. Python

Tab va Shift + Tab orqali darajalar ichkari/tashqari harakatlantiring.

Saqlang: 4-multilevel.docx

Topshiriq 5 — Rasm bilan hujjat

  1. Internetdan biror toza rasm yuklab oling (Toshkent shahar manzarasi yoki tabiat)
  2. Word hujjat yarating
  3. Sarlavha: "Mening sevimli joyim" (markaz, Bold, 18)
  4. 3 paragraf matn yozing — joy haqida (Justify, 1.5 spacing)
  5. Rasm qo'shing: Insert → Pictures → fayldan
  6. Rasm o'lchami: kenglik 10 cm
  7. Wrap Text: Square
  8. Rasmni paragrafning o'ng tomoniga qo'ying
  9. Rasm ostiga caption qo'ying (Insert Caption)

Saqlang: 5-rasmli-hujjat.docx

Topshiriq 6 — Murakkab maket

Restoran menyu yarating:

RESTORAN "OSHXONA"                         [Markaz, 24, Bold]
─────────────────────────                  [Markaz]

Asosiy taomlar                              [Bold, 16]

1. Plov — 30,000 so'm                       [Numbered list]
   • Tasvir: an'anaviy o'zbek ovqati        [Sub-bullet]
   • Tarkib: guruch, go'sht, sabzi
2. Manti — 25,000 so'm
3. Shashlik — 35,000 so'm

Ichimliklar                                 [Bold, 16]

• Choy — 5,000 so'm                         [Bullet]
• Kompot — 8,000 so'm
• Ayron — 10,000 so'm

[Rasm: ovqat rasmi, markaz, kenglik 8 cm]
[Caption: "Bizning eng yoqimli ovqatimiz"]

Saqlang: 6-menyu.docx

Asosiy tushunchalar (lug'at)

TerminQisqacha izoh
ParagraphEnter bilan ajratilgan matn bo'lagi
Line spacingQatorlararo masofa (1.0, 1.5, 2.0)
Spacing Before/AfterParagraflar orasida joy
IndentChap/o'ng chetdan turtish
First line indentFaqat birinchi qator turtilgan
Bullet listMarkerli ro'yxat (●, •)
Numbered listRaqamli ro'yxat (1, 2, 3)
Multilevel listKo'p darajali ro'yxat
Insert PictureRasm qo'shish
Text WrappingRasm va matn munosabati
CropRasmni kesish
CompressRasm hajmini kichraytirish
CaptionRasm ostiga sarlavha

Keyingi dars

5-dars: Word — jadval, kolontitul, sahifa raqami →

Master IT o'quv markazi — o'qitish rejasi