Skip to content

5-oy: C tili — chuqurlashish

Oyning maqsadi

4-oyda C asoslarini (o'zgaruvchilar, shartlar, sikllar, funksiyalar) boshlagan talaba endi tilga to'liq chuqurlashadi.

Oy oxirida talaba:

  • scanf/printf bilan foydalanuvchi bilan ishlay oladi
  • Character va string bilan erkin ishlaydi
  • Massiv (array) ustida amallar bajaradi
  • Qidiruv algoritmlarini (linear, binary) biladi
  • Saralash algoritmlarini (bubble, selection, insertion) yozadi
  • 2D massiv (matritsa) bilan ishlaydi
  • Pointer asoslarini tushunadi
  • Struct (tuzilma) yaratadi
  • Fayl bilan ishlaydi (read/write)
  • Algoritm samaradorligi (Big O) haqida tushunchaga ega

Darslar ro'yxati

MavzuDars
1Input/Output — scanf, printf1-dars
2Character va string2-dars
3Massiv asoslari3-dars
4Massivda qidiruv (linear, binary)4-dars
5Saralash algoritmlari — Bubble, Selection, Insertion5-dars
62D massiv (matrix)6-dars
7Pointer asoslari7-dars
8Pointer, massiv va string8-dars
9Struct asoslari9-dars
10File I/O10-dars
11Mini loyiha11-dars
12Oylik imtihon12-dars

Tayyorgarlik

  • 4-oy yakunlangan — C asoslari o'tilgan: o'zgaruvchilar, shartlar, sikllar, funksiyalar
  • C compiler (gcc) o'rnatilgan va ishlaydi
  • VS Code + C/C++ extension
  • GitHub account va c-darslari repo (4-oydan davom etadi)

Muhim eslatma

Bu oy — Foundation dasturining eng "og'ir" oyi. Pointer, struct va algoritmlar birinchi qarashda qiyin tuyuladi — bu normal holat.

Muvaffaqiyat kaliti: sabr va ko'p mashq. Har darsdan keyin uy vazifalarini albatta bajaring — keyingi dars oldingisiga tayanadi.

Uy vazifalari

Barcha uy vazifalari GitHub orqali topshiriladi — 4-oyda boshlangan c-darslari repo davomi.

To'liq ro'yxat: 5-oy uy vazifalari.

Baholash

KomponentUlushi
Darsda faollik15%
Uy vazifalari40%
Imtihon25%
Mini loyiha (11-dars)20%

O'tish: 60 ball.

Master IT o'quv markazi — o'qitish rejasi