Skip to content

7-dars: Microsoft Excel — tanishuv va hujayralar bilan ishlash

Dars haqida

Davomiyligi: 90 daqiqa Maqsad: Talaba Excel'ning tuzilmasini tushunishi, hujayralar bilan asosiy ishlarni qila olishi, ma'lumot kiritishi va Workbook'ni saqlashi kerak.

1. Microsoft Excel nima?

Microsoft Exceljadval va hisob-kitob dasturi. Quyidagilar uchun ishlatiladi:

  • Mahsulot va daromad hisobi
  • Talabalar baholarini hisoblash
  • Byudjet va xarajatlar tahlili
  • Statistika va diagrammalar
  • Hisobotlar, mijozlar bazasi
  • Inventarizatsiya (mahsulot ro'yxati)

Excel haqida fakt

Excel'da 17 milliarddan ortiq hujayra sig'adi (bitta Sheet'ga). Bu — istalgan korxonaning yillik ma'lumotlari uchun yetadi.

2. Excel ochish va yangi Workbook

Yo'l:

  1. Start → "Excel" yozing → Enter
  2. Blank workbook ni tanlang

Ochilgandan keyin bo'sh jadval chiqadi.

3. Excel asosiy tushunchalari

TerminTavsif
WorkbookButun Excel fayli (.xlsx)
Worksheet (Sheet)Bitta varaq, jadval. Bir Workbookda bir nechta Sheet bo'lishi mumkin
CellBitta hujayra (katak) — qator va ustun kesishuvi
Row (qator)Gorizontal qator — raqamlar bilan belgilanadi (1, 2, 3, ...)
Column (ustun)Vertikal ustun — harflar bilan belgilanadi (A, B, C, ...)
RangeBir nechta hujayralar guruhi (A1:B5)

4. Hujayra manzili

Har bir hujayrada noyob manzil bor — ustun harfi va qator raqami.

        A       B       C       D
   ┌────────┬────────┬────────┬────────┐
 1 │   A1   │   B1   │   C1   │   D1   │
   ├────────┼────────┼────────┼────────┤
 2 │   A2   │   B2   │   C2   │   D2   │
   ├────────┼────────┼────────┼────────┤
 3 │   A3   │   B3   │   C3   │   D3   │
   └────────┴────────┴────────┴────────┘

A1 — birinchi ustun, birinchi qator C5 — uchinchi ustun, beshinchi qator Z100Z ustun, 100-qator

Ustunlar A dan keyin

A, B, C, ..., Z, AA, AB, AC, ..., AZ, BA, BB, ..., XFD

Excel'da jami 16384 ta ustun va 1048576 ta qator bor.

5. Excel interfeysi

Asosiy yorliqlar

YorliqNima bor
FileSaqlash, ochish, eksport
HomeFormatlash, hujayra, formulalar
InsertDiagramma, jadval, rasm, funksiyalar
Page LayoutSahifa o'lchami, chop etish
FormulasFormulalar va funksiyalar to'plami
DataSort, filter, ma'lumotni import
ReviewImlo, izoh, himoya
ViewKo'rinish sozlamalari

Name Box va Formula Bar

  • Name Box (chap, kichik quti) — hozirgi hujayra manzili
  • Formula Bar — hujayra ichidagi haqiqiy qiymat yoki formula

6. Hujayraga ma'lumot kiritish

  1. Hujayrani bosing
  2. Klaviaturadan yozing
  3. Enter bosing — qiymat saqlanadi, pastki hujayraga o'tadi
  4. Yoki Tab — keyingi o'ng hujayraga
  5. Yoki Esc — bekor qilish

Ma'lumot turlari

Excel hujayrada uch xil narsa bo'lishi mumkin:

1. Matn (Text):

Akmal Karimov
Toshkent
Mahsulot nomi

Excel matnni chap tomonga tekislaydi.

2. Raqam (Number):

25
3.14
1500000
-50

Excel raqamni o'ng tomonga tekislaydi.

3. Formula:

=10+5
=A1*B1
=SUM(A1:A10)

= bilan boshlanadi. Natija ko'rinadi, formula esa Formula Bar'da.

7. Hujayralar bilan harakatlanish

VazifaKlavish
Keyingi hujayra (o'ng)Tab yoki
Oldingi hujayra (chap)Shift + Tab yoki
Pastki hujayraEnter yoki
Yuqori hujayraShift + Enter yoki
Qator boshiga (A)Home
Ma'lumot oxirigaCtrl + End
A1 hujayragaCtrl + Home
Aniq hujayragaName Box'ga manzil yozib Enter

8. Hujayralarni belgilash (Selection)

Bir hujayra: sichqoncha bilan bosing.

Bir nechta hujayra (range):

  • Birinchini bosib, oxirgisigacha sudrang
  • Yoki birinchini bosib, Shift bilan oxirgisini bosing

Tarqoq hujayralar:

  • Ctrl (Win) yoki Cmd (Mac) bosib turib har birini bosing

Butun ustun:

  • Ustun harfi (A, B, C) ni bosing — butun ustun belgilanadi

Butun qator:

  • Qator raqami (1, 2, 3) ni bosing

Hammasi:

  • Ctrl + A (yoki yuqori chap burchakdagi uchburchakni bosing)

9. Range (diapazon) yozish

Bir nechta hujayrani belgilash uchun range ishlatiladi:

  • A1:A10 — A1 dan A10 gacha (10 ta hujayra, bir ustun)
  • A1:D1 — A1 dan D1 gacha (4 ta hujayra, bir qator)
  • A1:D10 — to'rtburchak (4 × 10 = 40 ta hujayra)
  • A:A — butun A ustun
  • 1:1 — butun 1-qator
A1:C3 ni belgilash:

   A   B   C   D
1 [█] [█] [█]
2 [█] [█] [█]
3 [█] [█] [█]
4

10. Hujayra hajmi (kenglik va balandlik)

Ustun kengligi

Yo'l 1 — Sudrash:

  • Ustun harfining o'ng chegarasini sichqoncha bilan ushlang
  • Kerakli kenglikka sudrang

Yo'l 2 — Avtomatik moslash:

  • Ustun harfining o'ng chegarasiga ikki marta bosing — eng katta matnga moslashadi

Yo'l 3 — Aniq qiymat:

  • Ustunga o'ng tugma → Column Width → raqam kiriting

Qator balandligi

Xuddi shu yo'l — qator raqamining pastki chegarasini sudrang.

11. Hujayra ichida yangi qator

Hujayra ichida bir nechta qator yozish:

  • Alt + Enter (Windows)
  • Control + Option + Enter (Mac; yangi versiyalarda Option + Enter ham ishlaydi)
Hujayra ichida:
1-qator
2-qator
3-qator

12. AutoFill — avtomatik to'ldirish

Hujayra burchagidagi kichik kvadrat (Fill Handle) yordamida ketma-ketlikni avtomatik to'ldirish.

Misol 1: Raqamlar ketma-ketligi

A1: 1
A2: 2

A1:A2 ni belgilab, Fill Handle ni A10 gacha sudrash:

A1:  1
A2:  2
A3:  3
A4:  4
A5:  5
...
A10: 10

Misol 2: Sana

A1: 01.01.2026
Fill Handle ni A7 gacha sudrash:

A1: 01.01.2026
A2: 02.01.2026
A3: 03.01.2026
...
A7: 07.01.2026

Misol 3: Kun nomi

A1: Dushanba
Fill Handle ni A7 gacha:

Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma, Shanba, Yakshanba

AutoFill imkoniyatlari

Excel avtomatik tanidi: oy nomi, kun nomi, raqam ketma-ketligi va h.k.

Sinab ko'ring: Yanvar, Fevral, Mart, ... Excel davomini topadi.

13. Nusxalash va qo'yish

Hujayrani nusxalash:

  1. Hujayrani belgilang
  2. Ctrl + C
  3. Boshqa hujayraga bosing
  4. Ctrl + V

Range nusxalash:

  • Bir nechta hujayrani belgilang → nusxalang → boshqa joyda qo'ying

Paste Special:

  • Ctrl + Alt + V
  • Tanlang:
    • Values — faqat qiymatlar (formula emas)
    • Formulas — faqat formula
    • Formats — faqat formatlash (ranglar, font)
    • Column widths — ustun kengligi

14. Hujayrani o'chirish

Ikki xil o'chirish bor:

Delete klavishi — faqat ichidagi ma'lumotni o'chiradi, hujayra qoladi.

O'ng tugma → Delete... — hujayrani o'chiradi va boshqa hujayralar joyini egallaydi:

  • Shift cells left
  • Shift cells up
  • Entire row
  • Entire column

15. Sheet'lar bilan ishlash

Pastki qismda Sheet tabs bor. Sukut bo'yicha Sheet1 ochiq.

Yangi Sheet qo'shish: Sheet1 yonidagi + belgisini bosing.

Sheet nomini o'zgartirish: Tab ustida ikki marta bosing → yangi nom → Enter.

Sheet rangi: Tab ustida o'ng tugma → Tab Color → rang.

Sheet o'chirish: Tab ustida o'ng tugma → Delete.

Sheet ko'chirish: Tab'ni boshqa joyga sudrash.

Misol

Bir Workbookda:

  • Sheet 1: Yanvar (yashil)
  • Sheet 2: Fevral (ko'k)
  • Sheet 3: Mart (qizil)
  • Sheet 4: Yillik hisobot (sariq)

16. Workbook saqlash

Birinchi marta:

  1. Ctrl + S yoki FileSave As
  2. Joy tanlang: Documents/Oquv-markazi/1-oy/Excel-darslar/
  3. Fayl nomi: 1-tanishuv
  4. Save as type: Excel Workbook (*.xlsx) — sukut bo'yicha
  5. Save

Keyingi safarlar: Ctrl + S — avtomatik.

Boshqa formatlar

  • .xlsx — zamonaviy Excel
  • .xls — eski Excel (2003 va undan oldingi)
  • .csv — oddiy matn (vergul bilan ajratilgan, har xil dasturlarda ochiladi)
  • .pdf — PDF eksport

Darsdagi topshiriqlar

Topshiriq 1 — Birinchi jadval

Yangi Workbook. Quyidagi ma'lumotni kiriting:

ABCD
1IsmFamiliyaYosh
21AkmalKarimov22
32AzizaYusupova19
43BotirToshev25
54DilshodAliyev21
65EldorSobirov23

Saqlang: 1-talabalar.xlsx

Topshiriq 2 — AutoFill bilan ketma-ketliklar

Yangi Sheet (Sheet2 qo'shing). Quyidagilarni AutoFill bilan to'ldiring:

A ustun: 1 dan 50 gacha raqamlar B ustun: 7 ta hafta kuni nomi C ustun: 12 ta oy nomi D ustun: 01.01.2026 dan 15.01.2026 gacha sanalar E ustun: Dushanba dan Yakshanbagacha + qaytadan 3 marta

Hammasi AutoFill bilan tezda yarating.

Saqlang: 2-autofill.xlsx

Topshiriq 3 — Sheet'lar bilan ishlash

Yangi Workbook. 4 ta Sheet yarating va nomini o'zgartiring:

  • Sheet1 → Yanvar (yashil rang)
  • Sheet2 → Fevral (ko'k rang)
  • Sheet3 → Mart (qizil rang)
  • Sheet4 → Hisobot (sariq rang)

Har bir Sheet'da:

  • A1 hujayraga oyning nomini katta yozing (masalan, YANVAR)
  • A3:A7 ga 5 ta xarajat nomi
  • B3:B7 ga 5 ta xarajat summasi

Saqlang: 3-oylik-sheetlar.xlsx

Topshiriq 4 — Hujayra hajmi

Yangi Workbook. Quyidagilarni bajaring:

  1. A ustunni juda kengaytiring (200 piksel)
  2. B ustunni o'rtacha (100 piksel)
  3. C ustun ichidagi matnga avtomatik moslang (ikki marta bosib)
  4. 1-qatorni baland qiling (60 piksel)
  5. A1 ga uzun matn yozing: "Bu juda uzun matn va u shu hujayrada ko'rinadi"
  6. A1 hujayra ichida Alt+Enter bilan ko'p qatorli matn yarating:
    1-qator
    2-qator
    3-qator

Saqlang: 4-hajm.xlsx

Topshiriq 5 — Oilaviy byudjet (oddiy)

Yangi Workbook. Oilaviy oylik byudjet:

AB
1DAROMADSumma
2Asosiy ish8000000
3Qo'shimcha2000000
4JAMI DAROMAD
5
6XARAJATSumma
7Oziq-ovqat3000000
8Kommunal1500000
9Transport1000000
10O'qish2000000
11Boshqa500000
12JAMI XARAJAT
13
14TEJASH

(JAMI va TEJASH ustunlar bo'sh qoldiring — keyingi darsda formula bilan to'ldiramiz)

Saqlang: 5-byudjet.xlsx

Topshiriq 6 — Nusxalash mashqi

Oldingi 5-byudjet.xlsx ni oching. Sheet 2 qo'shing va uni Fevral deb nomlang.

  1. Sheet 1 dagi butun ma'lumotni belgilang (Ctrl + A)
  2. Nusxalang (Ctrl + C)
  3. Fevral Sheet'ga o'ting (A1 hujayraga)
  4. Qo'ying (Ctrl + V)
  5. Sarlavhani o'zgartiring: FEVRAL BYUDJETI
  6. Raqamlarni biroz o'zgartiring (xohlagancha)

Saqlang: 6-nusxa.xlsx

Asosiy tushunchalar (lug'at)

TerminQisqacha izoh
ExcelJadval va hisob-kitob dasturi
WorkbookExcel fayli (.xlsx)
Worksheet (Sheet)Bitta jadval varag'i
CellHujayra (katak)
RowQator (1, 2, 3)
ColumnUstun (A, B, C)
RangeHujayralar diapazoni (A1:B5)
Name BoxHujayra manzili oynasi
Formula BarHujayra tarkibi maydoni
AutoFillAvtomatik to'ldirish
Fill HandleHujayra burchagidagi kichik kvadrat
Paste SpecialMaxsus qo'yish (faqat qiymat, format va h.k.)

Keyingi dars

8-dars: Excel — formatlash va hujayra ko'rinishi →

Master IT o'quv markazi — o'qitish rejasi